название:
автор:
У гузал бошка
автор:
Озодбек Назарбеков
рейтинг: ★★★★★ / 5.3 / 1302 просмотра
- Текст
- Открытка с текстом
Uyg'onib ketaman, yarim tunmi tong, Qarayman orzular ila yonimga. Yonimda yotadi munis bir ayol, Faqat u sen emas, u go'zal boshqa... Yulduzlar miltirab, osmon yig'laydi, Armon ko'zlarimni to'ldirar yoshga. Oynadan qarayman, ul yor uxlaydi. Faqat u sen emas, u go'zal boshqa... Hovli, olam menga tuyular zindon Urgularim kelar boshimni toshga. Oydek hovlim uzra kezar bir ayol, Faqat u sen emas, u go'zal boshqa... Sho'rlik bu farishta dardim bilmaydi, Men-da qo'lin cho'zgan bemavrud oshga. Ne qilay yoniga kirgim kelmaydi, Axir u sen emas, u go'zal boshqa... Axir u sen emas, u go'zal boshqa..
А как ты думаешь, о чем песня "У гузал бошка" ?