ГлавнаяИсполнителиSherali JuraevKema
название:

Kema


автор:

Sherali Juraev


рейтинг: ★★★★★ / 4.7 / 660 просмотров
Ayriliq oni yaqindur,
Kema yo'l bongin chalur.
Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.

Jon borib, jonon birla,
Sohilda bir jismim qolur.
Mavj o'rib daryo kabi,
Oshuvta qalbim qo'zg'alur.

Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.

Men necha aytdim ko'ngil,
Jondan kechib yor sevma deb.
So'ng yiroqqa ketsa tashlab,
Turma oh-voh dema deb.

Ketdi yor bas endi-ki,
Aytdi yoshingni tiyma deb.
Yig'lama ey ko'z nadir,
Sohilg'a chiqmas kema deb.

Kim yoshing daryosidur,
Har sori kim ko'z solur.
Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.

Ey falak bas yig'lama,
Ul onda ul oy kemada.
O'rtada daryo-yu men,
U joyda ul oy kemada.

Kelmas endi oyda-ne,
Ming oyda ul oy kemada.
Sabr ko'ngilda, ko'ngil ul oyda
Ul oy kemada.

Vah-ki borib termulib,
Ko'z munglayib jonim qolur.
Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Kema" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен