ГлавнаяИсполнителиНеизвестенNe uchun qarog‘ing g‘amli, qayg‘uli
название:

Ne uchun qarog‘ing g‘amli, qayg‘uli


автор:

Неизвестен


рейтинг: ★★★★★ / 5 / 992 просмотра
Ne uchun qarog‘ing g‘amli, qayg‘uli,
Ne uchun quvonching butunmas, jonim?
Tiriklik sharbati goho og‘uli,
Seni asragayman, bordur imkonim.
Ko‘z yosh to‘kmagin, ey, go‘zal qushca -
Seni so‘rar bir gul g‘unca!
Sochlaring silaydi asta shamol,
Sog‘intirmay, jonim, kela qol!

Ko‘zlaring tubida sir bor qandaydir,
Aytmaysan, jilmayib qo‘yasan goho.
Dunyoda sirdosh ham, bilsang, kerakdir,
Dardingga men sherik bo‘layin tanho –
Toki ko‘zlaringdan quvonch porlasin,
Toki senga qarab qilsinlar havas,
Doimo chorlasin shodligu sevinch,
Baxting butun bo‘lsin har dam, har nafas,
Baxting butun bo‘lsin...

Ko‘z yosh to‘kmagin, ey, go‘zal qushca -
Seni so‘rar bir gul g‘unca!
Sochlaring silaydi asta shamol,
Sog‘intirmay, jonim, kela qol! (2x)

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Ne uchun qarog‘ing g‘amli, qayg‘uli" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен