ГлавнаяИсполнителиAlisher ZokirovKechdim
название:

Kechdim


автор:

Alisher Zokirov


рейтинг: ★★★★★ / 4.7 / 680 просмотров
Alisher Zokirov - Kechdim 

Nechun qalbimga beradi ozor?
Unutayin deb kelmasin zinhor.
Pora dilimni etdilar abgor,
Yorni deya kechdim dunyodan!
Dunyo deya yor kechdi mendan! (2x)

Vafodorligim bilmadi, netay?
Yuragim yig‘lar, qanday ovutay?
Sevish gunohmi, ortimga qaytay?
Yorni deya kechdim dunyodan!
Dunyo deya yor kechdi mendan!

Ko‘zlaringga zor, yig‘laydi beun,
Pinhona izlarni olur o‘sha tun,
Yor degan dilni maydalay bugun!
Yorni deya kechdim dunyodan!
Dunyo deya yor kechdi mendan!

Nechun qalbimga beradi ozor?
Unutayin deb kelmasin zinhor.
Pora dilimni etdilar abgor,
Yorni deya kechdim dunyodan!
Dunyo deya yor kechdi mendan...

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Kechdim" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен