ГлавнаяИсполнителиNepstrIlk Sevgi
название:

Ilk Sevgi


автор:

Nepstr


рейтинг: ★★★★★ / 5.2 / 1197 просмотров
Sevgi atalmish tuyg’u, vujudimni qamrab olgan
Senga bo’lgan bu sevgim, yuragimga dardlar solgan
Kechalari uxlolmayman, tinchlik bermas xayollarim
Nozikkina qo’llaringdan tutsa edim bu qo’llarim
Sen haqingda o’ylarim, bedor o’tar tunlarim
Huddi kuzgi yomg’ir kabi, rangsiz endi kunlarim
Yuragimda saqladim seni pinhona sevdim
Hayajondan titraradim, sevgi neligin bildim
E’tiboring yo’q menga, shunchalik ham bag’ring tosh
Bunday beparvolikga yurak berolmas bardosh
O’yin qildingmi sevgim, yoki sen shunchalar yosh
Baribir bir kun kelib, barcha siring bo’lar fosh

                   Naqorat

Ilk sevgim, sensiz, bir zumga ham urmas yuragim
Ilk sevgim, sensan, bu dunyoda yolg'iz keragim

Tuyg’ularim sherlarim hamma-hammasi senga
Yolg’iz seni sevgandim tan olmading sen nega
Chin yurakdan sevganim yolg’iz eding sevgilim
O’zing eding ilk sevgim, vayron qildig bu dilim
Har soniya har daqiqa hayolingla yashadim
O’ylamadim hech narsani, barin ortga tashladim
Seni deya yaqinlarim ko’nglini-da g’ashladim
O’ylagandim sevgi bilan yangi hayot boshladim
Telefon qilib gapirishga, topolmadim biror so’z
Sevgim isxor qilolmadim, endi qilaman afsus
Ilk muhabbat ilk sevgim, yodimdadir o’sha kuz
Seni mayin sochlaring qo’llaringu qora ko’z

                
                   Naqorat

Ilk sevgim, sensiz, bir zumga ham urmas yuragim
Ilk sevgim, sensan, bu dunyoda yolg'iz keragim

Bizlar birga bo'lmadik, men bilan birga armon
Nigohlaring qidiraman, yurak o'rtar sen tomon
Ko'zlarimnimni yumush bilan, seni vasling namoyon
Seni izlab topolmayman, bu qalbim bo’lgan vayron
Bir umrga yuragimda, orzu bo'lib qolgansan
Menga emas afsuski, o'zgaga yor bo'lgansan
Chin qalbimdan tilayman, senga endi ezgu baxt
Shirin xotira bo'lib, qolar bo'lding toabad 
Ilk muhabbat bu mening birinchi sevgim
Yuragimda qoldirgan armonli belgim
Ilk muhabbat bu mening birinchi sevgim
Yolg’iz seni sevganimni sen o’zing bilgin

                   Naqorat

Ilk sevgim, sensiz, bir zumga ham urmas yuragim
Ilk sevgim, sensan, bu dunyoda yolg'iz keragim

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Ilk Sevgi" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен