ГлавнаяИсполнителиSherali Jo'rayevO'zbegim
название:

O'zbegim


автор:

Sherali Jo'rayev


рейтинг: ★★★★★ / 4.9 / 923 просмотра
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

So‘ylasin Afrosiyobu
So‘ylasin O’rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,
Chingizu Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.

Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon tokiga ilk -
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.

Mir Alisher na’rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shohu sulton, o‘zbegim.

Mirzo Bobur - sen, fig‘oning
Olam uzra soldi  o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.

Ortda qoldi ko‘hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o‘zbegim.

Qayga borsam boshda do‘ppim,
G’oz yurarman, gerdayib,
Qayga borsang boshda do‘pping,
G’oz yurasan, gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O’zbekiston, o‘zbegim.

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.

Bo‘ldi osmoning charog‘on
Tole xurshidi bilan,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shu’la afshon, o‘zbegim.

Faxr etarman, ona yurtim,
Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘ksida tog‘lar ko‘targan
Tanti dehqon, o‘zbegim.
Ko‘ksida tog‘lar ko‘targan
Usta dehqon, o‘zbegim.

O’zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O’zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.

Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O’zbegim, jon o‘zbegim.

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "O'zbegim" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен