ГлавнаяИсполнителиOtabek Mutalxo'jayevBiri Quyosh Biri Oy
название:

Biri Quyosh Biri Oy


автор:

Otabek Mutalxo'jayev


рейтинг: ★★★★★ / 4.8 / 758 просмотров
Ne'mat qadrin bilinmaydi ketmaguncha,
Rohat qadri yo'qdir balo yetmaguncha,
Tin olishga qo'ymaydi bu bozor dunyo
Toki ajal barin ado etmaguncha.
Onang bo'lsa poylarini tavob etkin,
Otang bo'lsa qilib hizmat savob etkin,
Hokisor bo'l ikkisining dargoxida
Ne desalar labbay deya javob etkin.

Endi onang yosh bo'lmaydi qariyverar
Balki butkul sog' bo'lmaydi og'riyverar
Endi uning bor orzusi sening baxting
Mexring bilan dardlari ham ariyverar.
Biri quyosh biri oydur
Bilmaganlar xoli voydur
Otasi bor onasi bor
Juda boydir juda boydir.

Qiblagoxing yonginangda bo'lgani baxt
Har kun seni duo qilib turgani baxt
Omadingga quvongaydur sendan oldin
Shod kunlaring yonginangda bo'lgani baxt.

Endi onang yosh bo'lmaydi qariyverar
Balki butkul sog' bo'lmaydi og'riyverar
Endi uning bor orzusi sening baxting
Mexring bilan dardlari ham ariyverar.
Biri quyosh biri oydur
Bilmaganlar xoli voydur
Otasi bor onasi bor
Juda boydir juda boydir.

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Biri Quyosh Biri Oy" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен