название:
автор:
"Qaro ko'zim"
автор:
Алишер НавоиAlisher Navoiy
рейтинг: ★★★★★ / 5.2 / 1203 просмотра
- Текст
- Открытка с текстом
"Qaro ko'zim" (на литературном чагатайском (староузбекском) языке ~1468 г.) Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il, Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il. Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan, Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il. Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la, Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il. Firoq tog'ida topilsa tufrog'im, ey charx, Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il. Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni, Sochingni boshdin-ayog' chin ila shikan qilg'il. Xazon sipohiga, ey bog'bon, emas mone' Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il. Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il. Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang, Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il
А как ты думаешь, о чем песня ""Qaro ko'zim"" ?