ГлавнаяИсполнителиНеизвестенJiyda gulim, jiyda gulim, jilvalari mayda gulim
название:

Jiyda gulim, jiyda gulim, jilvalari mayda gulim


автор:

Неизвестен


рейтинг: ★★★★★ / 4.7 / 745 просмотров
Jiyda gulim, jiyda gulim, jilvalari mayda gulim, 
Onam bag`rin sog`indim man, onamday bir suyda gulim. 

Yo`limga ko`z tikar edi, 
poyimga gul to`kar edi, 
Onam rayhon ekar edi, 
ko`nglim o`shal bo`yda gulim. 

Ko`nglim cho`ksa hozir edi, 
erkalashi huzur edi, 
Ona dеsam jon dеr edi, 
endi jonlar qayda gulim. 

Kuyukligi kunda edi, 
bir oh dеsam shunda edi, 
Onam dardi manda edi, 
maning dardim kuyda gulim. 

Jiyda gulim, jiyda gulim, jilvalari mayda gulim, 
Onam bag`rin sog`indim man onamday bir suyda gulim.

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Jiyda gulim, jiyda gulim, jilvalari mayda gulim" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен