название:

Izlab


автор:

Yalla


рейтинг: ★★★★★ / 4.7 / 729 просмотров
O'rmonlarga qo'nar oqshom,go'zaldir olam,
Menda yo'q orom,tatimas bir tam.
Yo'q san jonim,yo'q san dildor,so'zlari bahor,
Ko'zim intizor, na bir xat bor.

O'rtamizda xafalik bor,
uzur aytib, senga yuz bor.
Izlab-izlab, yo'ling topsam,
so'zlab-so'zlab diling topsam...

Oylar o'tib,yillar o'tib, bog'lar ochilib,
kelganday bo'lib, sho'xliklar qaytib.
Sochlarimga yog'sa ham qor,sevgim bir bahor,
Kuylasa takror, qo'limdagi tor.

Eslab-eslab, sog'inamiz,
olis-olis,ilk sevgimiz.
Eslab-Eslab,sog'inamiz,
olis-olis, yoshligimiz...

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Izlab" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен