ГлавнаяИсполнителиУлугбек РахматуллаевChaqaloqlar
название:

Chaqaloqlar


автор:

Улугбек Рахматуллаев


рейтинг: ★★★★★ / 5 / 1012 просмотров
.
Arimaydi ko‘zimdan yosh,
Meva berdi [bad word] bardosh, (2x)
Borar yo‘lim yoritding,
Bag‘rimdagi mitti quyosh! (2x)

Ko‘zlarimning qarosisan,
Yuragimning sadosisan, (2x)
Sen bilmaysan, bolaginam,
Sen dadangning dunyosisan! (2x)

Naqarot:
Chaqaloqlar, qo‘g‘irchoqlar,
Qo‘zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Kemiryotgan ohu vohlar.
Chaqaloqlar, qo‘g‘irchoqlar,
Qo‘zichoqlar, ovunchoqlar,
Erib bitdi yuragimni
Ezayotgan ohu vohlar.

Necha yillar kutdim, bolam,
Necha dardlar yutdim, bolam, (2x)
Jajji qo‘lingdan bir o‘psam,
Kulfatlar tark etdi, bolam!

Naqarot: ....

Sen ko‘z ochib ko‘rgan dunyo
Gulga ko‘milganday go‘yo,
Endi bitdi g‘am-anduhlar,
Menga farzand berdi xudo! (2x)

Naqarot: ....

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Chaqaloqlar" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен