ГлавнаяИсполнителиNepstrMy Life [demo version]
название:

My Life [demo version]


автор:

Nepstr


рейтинг: ★★★★★ / 4.9 / 928 просмотров
Hayot o’tib bormoqda, asta-sekin o’z yo’lida
Har bir inson hayoti, taqdiri ham o’z qo’lida
Kimdir tirik-chilik uchun yugurmoqda bozorga
Kimdir esa kuzatamiz so’ngi manzil mozorga
Mening hayotim esa, misli katta bir to’fon
Bilmadim ana shundan, chiqamanmi men omon
Hayotda men o’xshamadim akamga-yo ukamga
Haqqim uchun kurashdim, bosh egmadim hech kimga
Ma’lumotim oliymas, lekin so’zim ma’noli
Kitob varaqladim, lekin bildim Navoiy
Har-bir yozgan qatorim, bu yashagan kunlarim
Kelajagimni o’ylab bedor o’tgan tunlarim
Kimlar kuldi ustimdan, lek kulmadi do’stlarim
Bora-bora barchasini titiratdi so’zlarim
Hayolparast dedi meni, kimdir esa omadsiz
Bilganimcha yaxshadim, 2-yilcha onasiz
15-yoshda ilk sevgim, 4-yil o’tdi javobsiz
Menga rad etgan edi, kimlarga tegdi essiz
Odamlarga tushunmadim, pul desa tomdan tashar
Nahotki bu odamzod, faqat pul uchun yashar
Insoniyilik tushuncha, mehr-oqibat qani
Hech kim ko’rmas bir-birin, g’aflat bosgan hammani
Pul ayirar otani, jigarbandi o’g’lidan
Do’stlar-do’stini sotar, ulfat topib o’g’ridan
Vijdon neligin bilmas, najot yo’qdir nidodan
Shunchalika ham bordi, hatto qo’rqmas xudodan

Yuragimda to’la dard, qalbim to’rida alam
Barchasiga guvoh bo’lgan, oq qog’oz-u bu qalam
O’tgan kunim sanadim, yillar o’tar birma-bir
O’zligim yo’qotmadim, so’ngi najodim sabr
Ishonaman hayotimda yorug’ kunlar ham bo’lar
Umid bo’lsa yurakda, bir kun cho’ntak ham to’lar
Kimdir ko’tarar hayot, kimdir yiqilar pastga
Hayot davom etmoqda, to’xtamayin bir pastga
Og’ir kunda “Jamoa” oshna-ulpat yonimda
Tashlab qo’ymadi hech ham, meni bu ahvolimda
Hayot uchun kurashaman, intilaman oldinga
Katta-katta orzularni, qo’yib men o’z oldimga
Intilish va harkat, keyin bo’lar barakat
O’zligingni yo’qotmasang, yo’ling toparsan albat. (bat bat (эхо)

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "My Life [demo version]" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен