ГлавнаяИсполнителиOybek - Nigora - HabibamHitMusiC.Uz Orginal Music Portal
название:

HitMusiC.Uz Orginal Music Portal


автор:

Oybek - Nigora - Habibam


рейтинг: ★★★★★ / 4.9 / 949 просмотров
Oy nuriga yulduz ilhaq,
Samolar nedan nohaq?
Bemador tanda bu yurak,
Sensiz onlarni sanayman.

Qaytaqol, qiynamagin,
Bedavoman kun sayin.
Qandayin sog'inmayin?
Vaslingni tongda so'rayman.

Ko'rsat ishqingni hamrohim aylab,
Porlab baxtdan taralsin ziyo.
O'ylab yod etaman seni qo'msab,
Kuylab vaslingni yor.

Yorimsan to abad,
Yonma-yon bo'l faqat.
Yolg'iz vasling istab,
Yondim habibam. (x2)

 [bad word] men shaydo,
Hasratdan sabrim ado.
Hijron azobi aro,
Alamlarim yengolmayman.

Tanho dilga manzursan,
Ko'zlarimdagi nursan.
Yuragimga huzursan,
Sensiz taskin topolmayman.

Ko'rsat ishqingni hamrohim aylab,
Porlab baxtdan taralsin ziyo.
O'ylab yod etaman seni qo'msab,
Kuylab vaslingni yor.

Yorimsan to abad,
Yonma-yon bo'l faqat.
Yolg'iz vasling istab,
Yondim habibam. (x4)

Taken from [bad word] [bad word] oybek-nigora-habibam-lyrics.html#ixzz3iPOdYzAy

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "HitMusiC.Uz Orginal Music Portal" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен