ГлавнаяИсполнителиНеизвестен
название:


автор:

Неизвестен


рейтинг: ★★★★★ / 5.4 / 1369 просмотров
[bad word]  [bad word] ru/sevgi-mahzun-%D1%81%D0%B5%D0%B2%D0%B3%D0%B8-%D0%BC%D0%B0%D2%B3%D0%B7%D1%83%D0%BD.html#ixzz3oBSVbX72

Hijron kechasi,
Visol ko‘chasi,
Armonga cho‘kkan yor...
Baxt ko‘rinmas,
Quvonch sezilmas,
Bu dardini bilmaydi yor.»

«Bu ishq chin sevgi-la gulzor,
Yurak qayg‘u ila bemor,
Bu kech ishq, ko‘zlari zebo,
Sog‘inch-la ko‘zlaring xumor.
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Bu kech ishq, ko‘zlari maftun,
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Nega, ishq, ko‘zlaring yum-yum?»

«Gohi bir hasrat,
Gohi shirin baxt,
Tuyg‘umsan betakror.
Sensiz yasholmas,
Sendan ketolmas,
Yuragim sening-la bor.»

«Bu ishq – ishq atalmish gulzor,
Unda gulning tikanlari bor.
Bu kech ishq, ko‘zlari zebo,
Sog‘inch-la ko‘zlaring xumor.»

Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Bu kech ishq, ko‘zlari maftun,
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Nega, ishq, ko‘zlaring yum-yum?

Sevgi ko‘zi ojiz,
Sog‘inch tinimsiz
Tunlar davomiy qiynaydi, yo-o,
Mehringga to‘lgan,
Doim sen-la bo‘lgan,
Sening-la yashar dillarim bor.

Sevgi – gohida qayg‘u-g‘am,
Sevgi – shirin bir dard-alam,
Sevgi – ba’zida go‘zal gul,
Sevgi – guli tikanli gul,
Sevgi – asli bir dunyo,
Sevgi – xayol emas, ro‘yo,
Sevgi – tuyg‘udir ilohiy,
Sevgi abadiy!

Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Bu kech ishq, ko‘zlari maftun,
Sevgi mahzun, sevgi afsun,
Nega, ishq, ko‘zlaring yum-yum?

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен