ГлавнаяИсполнителиShohjahon Jo'rayevYig'lama
название:

Yig'lama


автор:

Shohjahon Jo'rayev


рейтинг: ★★★★★ / 5.2 / 1186 просмотров
Sevgi quvonchmikan? Ayt yoki g'ammi?
Ul g'am yuragimda to abad jammi?
Tunni yoritolmay tugagan shammi?
Bilolmay bag'ring tilib yig'lama.

Sevgi dil og'rig'i ko'ngil chog'iri
Soxta mehring bilan qalbim tig'lama
Yolg'onlaring oshkor bo'lib oxiri,
Alamdan sochlaring yulib yig'lama.

Ko'z oldimda hamon gulgun jamoling
Ruhumni allalab aldar xayoling
Bir kuni javobsiz qolsa savoling
Foydasiz pushaymon qilib yig'lama.

Sevgi quvonchmikan? Ayt yoki g'ammi?
Ul g'am yuragimda to abad jammi?
Tunni yoritolmay tugagan shammi?
Bilolmay bag'ring tilib yig'lama.

Sevgi quvonchmikan? Ayt yoki g'ammi?
Ul g'am yuragimda to abad jammi?
Tunni yoritolmay tugagan shammi?
Bilolmay bag'ring tilib yig'lama.

Shumi ishq degani? Vafo degani?
Ishq maxzun yurakka jafo degani?
Menla yurub zimdan o'ylab boshqani.
Ikki o't ichimda qolib yig'lama?

Seni sevib bo'ldim dalle devona
Bugun yolg'oningdan quydim pinhona
Sen menga men senga endi begona
Mendan ham o'zingdan nolib yig'lama.

Sevgi quvonchmikan? Ayt yoki g'ammi?
Ul gam yuragimda to abad jammi
Tunni yoritolmay tugagan shammi?
Bilolmay bag'ring tilib yig'lama?

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Yig'lama" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен