ГлавнаяИсполнителиSherali Jo'rayevAnda jonim qoldi mening
название:

Anda jonim qoldi mening


автор:

Sherali Jo'rayev


рейтинг: ★★★★★ / 4.8 / 827 просмотров
Anda jonim qoldi manim - Sherali Jo'raev

Padarimni yutib ketgan jarda jonim qoldi mening,
Qalbim torin torrtib ketgan yorda jonim qoldi mening,
Qalam birlan shamshir tutgan yerda jonim qoldi mening,
Shabboblikda shabgir etgan anda jonim qoldi mening,
Anda jonim olib qolg'an Andijonim qoldi mening.

Nodirimsan, Andijonni qalbim hargiz tark etmayin,
Habibimsan, Andijonni yodin hargiz tark etmayin,
Ilhomchimsan, Andijonni kim hargiz tark etmayin,
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening.

Bog'ishamol nasimiga kuygan dilim zor aylabon,
Riyolikni rafiq bilgan raqiblar ozor aylabon,
Diyorimda muqimlikni zamonam dushvor aylabon,
Furqatiga e'timodim afg'onga izhor aylabon,
Farzandini mehmon etgan Andijonim qoldi mening.

Boburingman, fatvo bergan yurtim hargiz tark etmayin,
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening.

Qay yong'aki azm etsam, yonimda borur mehnat,
Qay sorig'a yuzlansam, o'trumg'a kelur qayg'u,
Yuz mehnatu g'am ko'rgan, osoyishi kam ko'rgan,
Ming dardu sitam ko'rgan, mandek yana bir bormu?

Tole' yo'g'i jonimg'a balolig' bo'ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig' bo'ldi,
O'z yurtni qo'yib, Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi.

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Anda jonim qoldi mening" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен