ГлавнаяИсполнителиTohir MahkamovOnajonim kelmadingiz
название:

Onajonim kelmadingiz


автор:

Tohir Mahkamov


рейтинг: ★★★★★ / 5.3 / 1279 просмотров
Hayr Onajonim........
Kozimda yosh yelkamda tobut,
Zirqiraydi tanam uzra jon,
Ona uzoq kuttirmayman kut,
Mahshargacha hayr Onajon!!!
Azobimga yelkangni tutding,
Dardlaringa topmadim imkon,
Meni o’ylab o’zni unutding,
Mahshargacha hayr Onajon!!!
Sen yo’q harob boldi osmonim,
Ko’ngil vayron, Yuragim vayron,
Ko’ksimdagi buyuk armonim,
Mahshargacha hayr Onajon!!!
Dardlarim dilim kuydirar,
Ulfatim ko’nglim to’ldirar,
G’animim kunda o’ldirar,
Onajonim kelmadingiz!
To’y qildim dushmanim keldi,
Suymagan suyganim keldi,
Sog’inib yig’lagim keldi,
Onajonim kelmadingiz!
Topolmadim sizdek sirdosh,
Dunyo ekan ko’p bagri tosh,
Diydor talab kozimda yosh,
Onajonim kelmadingiz!
Ruhsorlari qoyim Onam,
Armonlarga boyim Onam,
Sog’ingandur debon bolam,
Onajonim kelmadingiz!
Sizsiz koshonalar vayron,
Yuragim sanchar beomon.
Sog’indimku bugun yomon,
Onajonim kelmadingiz!
Qabringizga boshin qoyib,
O'gliz yig’lar bag’rin o’yib,
Bir erkalang desam suyib,
Onajonim kelmadingiz!

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Onajonim kelmadingiz" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен