ГлавнаяИсполнителиHurshid RasulovYahshilarni izlab
название:

Yahshilarni izlab


автор:

Hurshid Rasulov


рейтинг: ★★★★★ / 4.6 / 608 просмотров
Nonga emas mehrga zorman,
Ishonganim Hudoga yorman,
Garchi hayot bog`ida borman,
YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM...

Ko`rdim Majnun kezgan sahroni,
Ko`rdim ishqda kuygan insonni,
Dunyo kezib ko`rdim yomonni,
YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM...

Peshonmanga ajinlar chizib,
Yillar o`tar yuragim ezib,
Tovonimdan qora qon sizib,
YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM...

Nola qildim otam ruhiga,
Faryod urdim onam ruhiga,
Odam madad odam ruhiga,
YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM...

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Yahshilarni izlab" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен