ГлавнаяИсполнителиNasiba AbdullayevaBaxt o`zi nimadir
название:

Baxt o`zi nimadir


автор:

Nasiba Abdullayeva


рейтинг: ★★★★★ / 4.9 / 917 просмотров
Baht o'zi nimadir, men bilolmadim,
Sevgi o'zi nima? tushunolmadim.
Ammo armonlarning azoblaridan,
Qancha urinsam ham, chetda qolmadim.
 
Bu dunyo sig'magan ikki ko'zimga,
To'lib qoldi ikki tomchi achchiq yosh.
Peshona deganga yozilgan ekan,
Rohat emas, faqat chidam va bardosh.
 
Lekin men aylanmay dali gadoga,
Boshim baland qilib qo'shiq aytaman,
Gar o'lsam, yolvorib egam hudoga,
Bu dunyoga yana qaytaman.
 
Shunda mening boshim yetib osmonga,
Dilni anduhlardan ozod qilurman.
Aldanib qolmasdan yomonlarga,
Qanday yashashni o'zim bilurman.

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Baxt o`zi nimadir" ?
Бахром Муллажонов 2 фев 4:31
Lekin men aylanmay dali gadoga, "dali gadoga" ким у?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен