ГлавнаяИсполнителиUmar Shamsiyev va Tohir UsmonovOnajoning Rozi qil
название:

Onajoning Rozi qil


автор:

Umar Shamsiyev va Tohir Usmonov


рейтинг: ★★★★★ / 4.8 / 804 просмотра
Onajoning Rozi qil 

Bo’lay desang jannati,
Parvardigor hurmati, (x2)
Muhammadning ummati,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil. (x2)

Buzma ona ra’yini,
Masjid bilgin joyini, (x2)
Joynamoz qil poyini,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil. (x2)

O’qib Kalomullohni,
So’zi bordir Allohni, (x2)
Qo’ygin Makkatullohni,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil. (x2)

Ulug’lashdan tolmagin,
Qarg’ishini olmagin, (x2)
Attang qilib qolmagin,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil. (x2)

Ursa qo’lin silagin,
Turtsa o’pgin bilagin, (x2)
So’ksa umr tilagin,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil.

Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil.

Tik qarama ko’ziga,
Itoat et so’ziga, (x2)
Qullik qilgin o’ziga,
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil. (x2)

Onajoning rozi qil,
Mehriboning rozi qil.
Onajoning rozi qil,
Volidangni rozi qil.

Onajoning rozi qil,
Mehriboning rozi qil…

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Onajoning Rozi qil" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен