ГлавнаяИсполнителиSardor Rahimxon va ShohzamonNarxi qancha mehrni ayting
название:

Narxi qancha mehrni ayting


автор:

Sardor Rahimxon va Shohzamon


рейтинг: ★★★★★ / 5.3 / 1271 просмотр
Narxi qancha mehrni ayting?
Hammasini sotib olaman
Oqibati bor ostonaga 
Kerak bo’lsa yotib olaman..
Narxi qancha mehrni ayting?
Hammasini sotib olaman
Oqibati bor ostonaga 
Kerak bo’lsa yotib olaman..

Qayda mehr bozori ayting 
Olib beray mehr sizlarga
Kerak bo’lsa yurib uyma-uy
Ulashaman bag’ri muzlarga

Narxi qancha mehrni ayting 
O’zim olay yetsa imkonim 
Yetsa molim yetmasa jonim
Narxi qancha mehrni ayting...

Mehringizdan mayli bir xovuj 
Bering yetim go’daklar uchun 
Ko’zlarida o’kinch va ilinj 

Mehrga zor yuraklar uchun
Mehr izlab dunyoni kezdim 
Olishimga bormi qarshilar 
O’zimga xam kerakdir biroq 
Ilinaman sizga yaxshilar 

Mehr bormi eski bo’lsa xam 
Yo’q degan so’z yomon ne chog’liq
Bu o’tkinchi dunyoda mehr 
Nahot bo’lsa cho’ntakka bog’liq

Bilolmadim mehrni narxin 
Mehr sotilmas ekan pulga 
Go’yoki biz savdogarlardek
Mehr izlab chiqganmiz yo’lga

Narxi qancha mehrni ayting 
O’zim olay yetsa imkonim 
Yetsa molim yetmasa jonim
Narxi qancha mehrni ayting..

Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте
А как ты думаешь, о чем песня "Narxi qancha mehrni ayting" ?
2010-2020 © WebKind.Ru Тексты песен